Tayyorgarlik avjida…

Date:

Tayyorgarlik avjida…
Bahor Boysundan boshlanadi. Tog‘lar bag‘ridagi toshlarni-da yorib chiqqan nozikkina boychechak ham birinchi bor Boysunda yuz ochadi, dunyo bilan yuzlashadi. Yashillik, bahor ifori ham Boysun tomonlardan boshlanib, butun dunyoga tarqalayotgandek. Tog‘lar oppoq libosini yechib, yashillikka burkanadi. Qaldirg‘ochlar, qushlar chug‘uri ko‘ngilga bahoriy kayfiyat ulashgandek bo‘ladi.
Ha, bahor Boysundan boshlanadi va har yili an’anaviy tarzda ochiq osmon ostida Boysun kengliklarida Boysun bahori xalqaro festivaliga ulanib ketadi. Nafaqat vohamiz, respublikamizning barcha hududlaridan, balki qo‘shni qardosh va xorijiy davlatlardan ham mehmonlar festival bahona Boysunda mehmon bo‘lishadi. Shunday ekan, festivalga puxta hozirlik ko‘rish lozim. Ayni maqsadda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Boysun tumanida bo‘lib, “Boysun bahori” xalqaro festivaliga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar ijrosi, qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi. Shuningdek, tuman markazidagi 10 ta mahallada infratuzilmani yaxshilash ishlarini ko‘zdan kechirdi.
Hozirda tuman markazidagi yo‘llarda piyodalar uchun qulayliklar yaratilayotgan bo‘lsa, tumanning markaziy ko‘chasida 3 kilometr avtomobil yo‘li asfatlanayotir. Suv yo‘li ariqlari va mavjud savdo do‘konlarini ta’mirlash, shuningdek, avtoturargoh qurilishi amalga oshirilmoqda. Shuningdek, tuman markazi va unga yondosh 10 ta mahalladagi 24,4 km asosiy avtomobil yo‘llarida asfaltobeton qoplamasi yotqizish uchun tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi buyurtmalar portfeli shakllantiriladi

Sanoatsiz davlat iqtisodiyoti rivojlanishi mushkul. Sanoat rivojlansa, ishlab chiqarish...

Milliylik va mohiyat

Til — millat ko‘zgusi! Ona tili esa millatning ruhidir....

Tillar turfa, maqsad yagona

Jahon davlatchiligi tarixiy taraqqiyotidan ma’lumki, milliy masala har bir...

Tezkor, shaffof va qog‘ozsiz

Bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya davrida sud-huquq tizimini sun’iy...
KunTun
KunTun