Kelgusi rejalar kelishib olindi

Date:

Surxon vohasi qazilma boyliklariga boy hudud. Undan oqilona foydalanib, ko‘plab loyihalarni amalga oshirish xalqimiz hayotini yaxshilashga, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarib, ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Tog‘-kon sanoatidagi ishlarni amalga oshirishda xalqaro kompaniyalarning qiziqishi oshib, ko‘plab foydali loyihalarni taklif etishayotir. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ayni maqsadda Xitoyning tog‘-kon sanoati bilan shug‘ullanuvchi kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qildi.


Uchrashuvda vohamizda tog‘-kon sanoati, uran, qurilish materiallari, granit, oqmarmar, ko‘mir, kvarts va sement ishlab chiqarish bo‘yicha Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi va rejalar kelishib olindi.
Sherobod tumanida tabiiy boyliklardan unumli foydalanish va yer osti qazilmalarini ishlab chiqarish bo‘yicha kelishib olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Uzun tajribasi “Qushchilik” mahallasida

Hududlararo hamkorlik doirasida Uzun tumani mas’ullaridan iborat ishchi guruh...

Jasminadan oltin natija

Sherobod tumani sport maktabi tarbiyalanuvchisi Sadatova Jasmina Sobir qizi...

Daromadi 100 million…

      Yer — inson hayotining eng muhim va bebaho...

Atletlar bir maydonda jam

Termiz shahrida o‘smirlar va kichik o‘smirlar o‘rtasida og‘ir atletika...
KunTun
KunTun