SURXONDARYODA “MOTOKROSS” SPORT MUSOBAQASI

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanida istiqomat qilgan mehnat qahramoni va faxriysi Norali Boymurodov xotirasiga bag‘ishlab, tumanning “Qizilmozor” hududida sportning “Motokross” turi bo‘yicha har yili an’ana tarzda O‘zbekiston chempionati o‘tkazilib kelinadi.

Bu yil ham xotira turniri Norali Boymurodov byusti poyiga gulchambar qo‘yish marosimi bilan boshlanib, ma’naviy-ma’rifiy tadbirga ulandi. Tadbirda tuman hokimligi, Mudofaaga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, tuman Madaniyat bo‘limi, tuman Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi, hamda nuroniylar va yoshlar ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar mehnat qahramoni Norali Boymuradovning hayoti va faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.


“Vatanparvar” tashkiloti Surxondaryo viloyati kengashi rahbariyati va Jarqo‘rg‘on tuman hokimligi, viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari va hamkor tashkilotlar rahbarlari, mahalliy aholi vakillar hamda OAV vakillari tashrif buyurdi.


Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 100 nafardan ortiq sportchilar bilan birga Qozoqiston, Rossiya, Italiya, Mongoliya, Tojikiston va Qirg‘iziston davlatlaridan kelgan sportchilar ishtirok etib, bor mahoratlarini ishga solib, musobaqalashdilar. Jarayonni kuzatish tomoshaga kelganlar uchun ham zavqli bo‘ldi. Ishtirokchi poygachilar ochiq osmon ostida, tabiat qo‘ynida harakatlanib, o‘z tayyorgarliklarini namoyon etishdi. G‘oliblar turnir so‘nggida munosib taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

100 gektarda yashil maydon

Yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash va yashil hududlarni kengaytirish davlat...

Kichik loyiha — katta natija

Hududlarda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish nafaqat iqtisodiy o‘sishga,...

Bolalarga quvonch ulashib…

Jamiyatda mehr-oqibat va saxovat qadri baland bo‘lgan yurtda ezgu...

“Temurbek” — sahnada jonlandi

Yurtimizda buyuk ajdodlar merosini targ‘ib etish, yosh avlodni tarixiy...
KunTun
KunTun