Nosozlik bartaraf etildi

Date:

Ayni ob-havo suvugandan sovugan bir paytda elektr tarmoqlaridan uzilish bo‘lsa, bu aholi uchun qiyinchilik tug‘dirishi aniq. Uzilishlarning oldini olish maqsadida esa viloyat navbatchilik shtabi tashkil etilgan va tunu kun o‘z faoliyatini olib bormoqda. Shtabga kelib tushgan murojaatlarga asosan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Surxondaryo filiali tomonidan hududlarda sodir bo‘layotgan nosozliklar bartaraf etilmoqda.
Xususan, Sariosiyo tumanining 35/10 kV li “Toqchiyon” podstansiyasidan chiquvchi havo elektr tarmog‘ida nosozlik yuzaga keldi. Holatning oldini olish maqsadida soha mehnatkashlari tomonidan noqulay ob-havo sharoitlariga qaramay, iste’molchilarga elektr energiyasi yetkazib berish tiklandi.
Ushbu holat Boysun tumanidagi qator aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlovchi “Qo‘rg‘oncha” podstansiyasida ham yuzaga keldi. Hududda ham qisqa fursat ichida ta’mirlash ishlari olib borilib, yuzaga kelgan nosozlik tezkor bartaraf etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun