Afg‘onistonda temiryo‘l liniyasi tiklanadi

Date:

Bejizga temiryo‘l iqtisodiyotning qon tomiridir deyishmaydi. Haqiqatan ham davlatlarning asosiy savdo aloqalarini amalga oshirishda ko‘prik vazifasini bajaruvchi temiryo‘llar muhim ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda temiryo‘llar qurilishiga alohida e’tibor qaratiladi.
Ma’lumki, “Hayraton” stansiyasida “O‘zbekiston temiryo‘llari” hamda Afg‘oniston temiryo‘l boshqarmasi vakillari ishtirokida Hayraton-Mozori Sharif temiryo‘l liniyasi qayta tiklanib, ta’mirlash ishlari boshlanishi kerak edi. Kuni kecha amaliy sa’y-harakatlarni boshlashga bag‘ishlangan ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi va tiklash ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilishi boshlandi. Shundan kelib chiqib, “O‘zbekiston temiryo‘llari” tomonidan birinchi bosqich uchun 120 nafar ishchi xodim safarbar qilindi.
Birinchi bosqichda yuk vagonlarini qisqa muddatda “Naibobod” stansiyasiga yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Ushbu maqsadda “Hayraton” stansiyasining “B” parkida hamda temiryo‘l infrastrukturasining 57 kilometr bo‘lgan hududlarida to‘liq tiklash ishlari parallel ravishda tashkil etilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun