2 tadan ortiq avtomobil sotgan soliq to‘laydimi?

Date:

Hamma ham tirikchilik, bir so‘mini ikki qilish uchun harakat qiladi. Nima bo‘lganda ham ozmi-ko‘pmi topganimizda baraka bo‘lsin. Mablag‘ jamg‘arish, daromad topish uchun esa tadbirkorlik qilish, biror tashkilotga ishlash, xullas qo‘limizdan nima kelsa, o‘z qiziqish va ixtisosligimiz bo‘yicha bilim va tajribalarimizni safarbar qilishimizga to‘g‘ri keladi. Ayniqsa, olibsotarlik ham yaxshigina daromad keltirayotgani ham sir emas. Eng muhimi olib sotayotganimiz talab va ehtiyojdan kelib chiqishi kerak.
Qay bir ishning boshini tutmaylik, topgan daromadimizdan soliq to‘laymiz. Ho‘sh, olibsotarlarchi? Ular uchun ham ishlashning aniq bir mexanizmi ishlab chiqilganmi? Misol uchun avtomobil olib sotish ham cho‘ntakni xafa qilmaydi, mo‘maygina foyda qolishi aniq. Birgina 2022-yilda 33 mingga yaqin fuqaro 3 va undan ortiq avtomobil xarid qilgan. Ayni jihatlarni hisobga olgan holda yiliga ikkitadan ortiq avtomobil sotganlik uchun soliq joriy etilishi mumkin.
Olibsotarlarning yashirin daromadlarini soliqqa tortishga qaratilgan ushbu tartib bozorda mashinalar narxining oʻsib ketmasligi hamda mashina uchun qoʻyiladigan navbatlarning kamayishini taʼminlaydi. Maʼlum boʻlishicha, Oʻzbekistonda yil davomida ikkitadan ortiq avtomobil sotgan jismoniy shaxslarni deklaratsiyalash tizimi joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Deklaratsiyalash tizimini joriy etishdan maqsad esa chayqovchilikning oldini olishga va budjetga qoʻshimcha 30 milliard soʻm tushirishdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun