Migrantlar savodxonligi oshirildi

Date:

Xorijda ishlashga chiqdingizmi, borgan va qo‘nim topgan davlatingizdagi qonunlardan, o‘rnatilgan tartib-qoidalardan xabardor bo‘lish, u yerda yashash, muqim ishga ega bo‘lish hamda muammolarga duch kelmaslik uchun ham zarurdir. Ayni maqsadda Qozog‘istonning Olmaota shahridagi mamlakatimizning Bosh konsulxonasi va Xalqaro migratsiya tashkiloti tomonidan “Qozog‘istonda bo‘lgan mehnat migrantlarining moliyaviy savodxonligini oshirish” mavzusida trening tashkil etildi.
Bosh konsulxona, Olmaota shahridagi “Rodnik” jamoat fondi vakillari, o‘zbekistonlik va qirg‘izistonlik mehnat migrantlari ishtirok etgan tadbirda Qozog‘istonning migratsiya qonunchiligi, ishlash uchun hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi, tegishli xarajatlar tushuntirildi va ularining muammolari muhokama qilindi.
Ishtirokchilarga huquqiy-moliyaviy savodxonlikni oshirish bo‘yicha kursni yakunlaganligi haqida sertifikat berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...

Pillachilik – daromad va bandlik manbayi

Muzrabot tumanida 2026-yil pilla hosili uchun ipak qurti tarqatish...

Xizmat — oflayn, o‘qish — onlayn

2026–2027 o‘quv yilidan boshlab muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlar...

Munosib voris aniq

“Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika maqola va insholar tanlovi mamlakatimiz...
KunTun
KunTun