“Sog‘lom hayot uchun”

Date:

Piyoda yurishning foydasi katta — bu sog‘lom turmush tarziga birinchi qadam bo‘lsa, nafas yo‘llarimiz ochilib, ortiqcha vazn to‘plashdan xolos bo‘lamiz. Yoshi ulug‘larimiz piyoda yurishning foydasini bilganliklari uchun ham doimo yayov yurishga odatlanishgan. Bu esa yoshlar uchun eng yaxshi ibrat bo‘lmog‘i lozim.
Sherobod tuman Sport maktabi murabbiy va sportchilari “Sog‘lom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida erta tongdan boshlangan ommaviy yurish marafoni ham ayni maqsadga xizmat qildi. “Salomatlik yo‘lagi” bo‘ylab yugurishni boshlagan fuqarolar finish chizig‘i tomonga odimladilar. Bunday marafonlarning tez-tez tashkil etilishi barchani sog‘lom turmush tarziga, eng muhimi piyoda yurishga odatlantiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun