Shunqorlar musobaqalashdi

Date:

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, yurtga sadoqat, sog‘lom turmush tarzini ta’minlash, sport musobaqalari davomida har bir ishtirokchining qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini qaror toptirish, ularning buyuk ajdodlarimizning mardlik va jasurlik an’analarini munosib davom ettirishga qodir insonlar bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi. Ayni maqsadlarga xizmat qilguvchi madaniy-ma’rifiy tadbirlar dasturini amalga oshirish rejasiga muvofiq Jarqo‘rg‘on tumanidagi markaziy o‘yingohda maktab o‘quvchilari o‘rtasida shunqorlar harbiy sport musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqa qizg‘in ruhda o‘tdi va murosasiz kurashlarga boy bo‘ldi. O‘quvchilar arqon tortib, kim kuchli ekanini sinovdan o‘tkazishgan bo‘lishsa, turnikka tortilib maoratlarini namoyon etishdi. Ayniqsa, yugurish bo‘yicha musobaqalashgan yoshlar kim o‘zarga bellashdilar. Ushbu musobaqa yoslarni sport turlariga qiziqishlarini uyg‘otish bilan birga, o‘zlarining jismoniy imkoniyatlariga ham munosib baho olishni-da uddasidan chiqishdi
Shuningdek, bellashuv yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi.

Dinara Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun