“Qizimning sepiga kitob”

Date:

Kelinni kelganda ko‘r, sepini yoyganda ko‘r deyishadi. Haqiqatan ham kelinning sepi do‘stu dushmanning havasi va hasadini keltirishi rost. Axir ota-onaning butun umr yig‘ingani shu bir to‘yda ko‘z-ko‘z bo‘ladi-da. Qizning sepida tilla taqinchoqlaru yaltir-yultir kiyim-kechaklar, upa-eligu uy-ro‘zg‘or buyumlari, chet el brendi bo‘lgan mebellarni aytmaysizmi, bari badastir bo‘ladi. Kim ham qizining sepi uchun bir sandiq kitob berisharkin? Bunday sep esa har qanday zaru javohirdan qimmatli.
Denov tumanidagi “O‘rtaqishloq” mahalla fuqarolar yig‘inida “Buvijonlar ma’rifati”, “Qizimning sepiga kitob” mavzusida bo‘lib o‘tgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ayni jihatlarga to‘xtalib o‘tildi. Tadbirda mutasaddi tashkilotlar vakillari, mahalla faollari va oqila ayollar ishtirok etdi.
Tassurotlarga boy bo‘lgan tadbirda katta hayot tajribasiga ega nuroniy onaxonlarimiz boshidan o‘tgan kunlarni yoshlarga gapirib berdilar. Shuningdek, chiroyli kuy-qo‘shiqlar davraga o‘zgacha fayz kiritdi. Ma’naviy-ma’rifiy tadbir qizlar uchun tarbiya maktabi vazifasini o‘tash barobarida, buvijonlar o‘gitlari ularga hayot yo‘llarini to‘g‘ri tanlashlariga zamin yaratadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Mening maktabim” loyihasi boshlanmoqda

Joriy yilning 22-oktyabridan boshlab 2025/2026-oʻquv yili doirasida “Mening maktabim”...

Saraton qarshi “super vaksina”

Vaksina yuborilgan sichqonlarning 88 foizida shish paydo bo‘lmagani aniqlandi....

Ilk kunda ikkita oltin medal

Bahraynda bo‘lib o‘tayotgan III Osiyo yoshlar oʻyinlarida Oʻzbekiston delegatsiyasi...

Azim Samarqandga ma’naviy sayohat

Bandixon tumanining “Navbahor” mahallasida joylashgan fermer xo‘jaliklari, mahalla yettiligi...
KunTun
KunTun