Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida

Date:

Har qanday og‘ir va murakkab vaziyatda Vatanimizni ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash, Vatanga sadoqat tuyg‘usini shakllantirish, uning shuhratini dunyoga tarannum etish bilan bog‘liq eng muhim tushunchalarni, hayotiy va professional ko‘nikmalarni ilm-ma’rifat, shuningdek, milliy qadriyatlar asosida yoshlarning qalbi va ongiga ilk bolalik davridan boshlab singdirib borish orqali vatanparvar, sadoqatli hamda shijoatli yoshlarni kamol toptirish Konsepsiyaning asosiy mohiyatini tashkil etadi.
Boysun tuman ixtisoslashtirilgan maktabda tuman hokimligi, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Mudofaa ishlari bo‘limi, Favqulotda vaziyatlar bo‘limi, Milliy gvardiya bo‘limi va Vatanparvar tashkiloti bilan hamkorlikda o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan 2022-yil 31-maydagi Qarori bilan ta’sis etilgan. “Vatan tayanchi” bolalar va o‘smirlar harbiy vatanparvarlik harakati ko‘krak nishoni va guvohnomasi tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, tadbir chog‘ida Favqulotda vaziyatlar bo‘limi, Milliy gvardiya bo‘limi va Vatanparvar tashkiloti tomonidan harbiy qurollardan foydalanish, tez tibbiy birinchi yordam ko‘rsatish hamda yong‘in chiqqanda harakatlanish va uni bartaraf etish choralari, kamondan o‘q otish kabi ko‘rgazmali namoyishlar yoshlarga havola etildi.

D.Qo‘zimurotova

Oldingi sahifaJasorat
Keyingi sahifaTaktik mashgʻulot oʻtkazildi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun