“Ekopartiyani tanlaymiz”

Date:

Inson salomatligi uchun ekologiyaning o‘rni katta. Toza muhitda, toza havodan nafas olib yashashga nima yetsin. Biz yashayotgan muhitimizni biosfera, ekologiya tizimlari barqarorligini saqlab qolish, odamlarning ekologik jihatdan xavfsizligi va kelgusi avlodlari genetik fondi haqida qayg‘urishimiz zarur. Ba’zilar daraxtlardan to‘kilgan barglarni yoki chiqindilarni yondirib atrof-muhitni ifloslantiradi. Atrof-muhitni tozaligi oiladan boshlanadi. Har bir oilada ota-ona xonadoni burchaklarida chiqindi chelaklarini tashkil qilib, uyidan chiqayotgan chiqindini chiqindi chelagiga solishni o‘rgatib borilsa, bola shunga odatlanadi.
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyat partiya tashkiloti hamda “EKOSAN” fondining viloyat hududiy tashkiloti bilan hamkorlikda Termiz iqtisodiyot va servis universitetida “Biz, kelajak liderlari Ekopartiyani tanlaymiz” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyasining maqsad va vazifalari nimalardan iborat ekanligi, partiyaning bugungi faoliyati haqida ma’lumotlar berildi. “Partiya yoshlarga qanday imkoniyatlar yaratib bera oladi?” mazmunidagi fikr-mulohazalar bildirib o‘tildi.
Unda hududlardagi mavjud ekologik muammolar, ona tabiatni asrashda yoshlarning o‘rni, aholining ekologik madaniyatini oshirishda ekologik bilimlarni boyitish, atrof-muhitga e’tiborli bo‘lish kabi masalalar atroflicha tushuntirib o‘tildi.

Dinara Mahmudova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelajak shifokorlari qasamyod qildi

Surxondaryo san’at saroyida Termiz iqtisodiyot va servis universiteti Tibbiyot...

Amaliy–nazariy mashg‘ulot o‘tkazildi

TDMAU Mexanika fakultetida yo‘l harakati xavfsizligi masalalariga bag‘ishlangan amaliy–nazariy...

Yangi yil yarmarkasi tashkil etildi

Sherobod tumanida Yangi yil arafasida aholiga qulaylik yaratish va...

96 million dollarlik loyiha boshlandi

Termiz tumanida Xitoyning Anhui Wende Holding Group kompaniyasi bilan...
KunTun
KunTun