Mutolaaga qiziqish va mehrimizni oshirib…

Date:

Olib borilgan tadqiqotlarga qaraganda 95 foiz insonlar daqiqasiga 210 soʻz yoki 2 daqiqada 1,5 sahifa kitob oʻqiydilar. Balzak esa yarim soatda 200 bet kitob oʻqigan. Bu ma’lumotlardan keyin, har bir kishi o‘zining nechog‘lik kitobxon ekani haqida o‘ylashi aniq. Albatta, mutolaa har bir yoshning ma’naviy olamiga katta ta’sir etadi. Shu sababdan ham kitobxonlikni targ‘ib etib, eng sara o‘zbek va jahon adabiyotining nodir durdonalarini tavsiya etamiz. Ayni targ‘ibotni davom ettirish maqsadida Termiz davlat universitetida kitob yarmarkasi tashkil etildi.
Unda ishtirok etgan yigit-qizlar yangi chop etilgan oʻquv darslik, badiiy adabiyotlar, ilmiy-ommabop jurnal va nashrlar bilan tanishtirildi. Barcha yarmarkaga qo‘yilgan kitoblarni bir-bir varaqlar, asarlar mazmuniga ko‘z yugurtirishar ekan, o‘zlarini qiziqtirgan, e’tiborini tortgan asarlarni mutolaa uchun tanladilar. Bunday kitob yarmarkalari va mutolaaga chorlovchi tadbirlar talabalarning kitobga boʻlgan qiziqish va mehrini oshirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun