Bojxona postida…

Date:

Bojxonachi bo‘lishni ko‘pchilik yoshlar orzu qiladi. Maxsus kiyim-bosh, qat’iy tartib-intizom asosida ishlash, o‘zini shu vatan tinchligi, osoyishtaligi, qabul qilingan qonunlarga amal qilinishi uchun o‘z hissasini qo‘shishni istashadi. Ayniqsa, bojxona postidagi ish jarayonini kuzatish, muhitni his etish sohaga qiziqishni yanada alanga oldirishi aniq. O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi yagona o‘tkazish punkti bo‘lgan “Ayritom” chegara bojxona postiga Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari uchun media tur tashkil etildi.
O‘quvchi-yoshlar bir vaqtning o‘zida poyezd, avtotransport hamda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega ushbu bojxona nazorat punktining zamonaviy texnik vositalari, jumladan, fuqarolar uchun “VIP”, kirish hamda chiqish zallaridagi rentgen-skaner uskunalari, “Yagona darcha” markazi, “Nazorat” markazi, avtotransport vositalarini samarali skaner qiluvchi “Z- portal” va inson tanasini zararsiz bojxona nazoratidan o‘tkazuvchi “Body scan” qurilmalari bilan yaqindan tanishdilar. Ushbu tashrif o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi hamda ularning bojxona xodimlari kasbiga bo‘lgan qiziqishlari va hurmatlari yanada ortdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kelinchak

Kelin bo‘lgani ko‘p bo‘lmadi. Egizak qaynsingilchalari ortidan qolmaydi. — Yashirib...

Bilimi muvaffaqiyat keltirdi

Surxondaryo viloyatida Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Soliq...

Basketbolchi qizlar bellashdi

Qiziriq tumanida 2013–2014-yillarda tug‘ilgan qizlar o‘rtasida viloyat basketbol chempionati...

Til kurslari bepul

Termiz tumani hokimi Shuxrat Qalandarov tashabbusi bilan yoshlarning xorijiy...
KunTun
KunTun