Yoshlarga motivatsiya berdi

Date:

Yoshlar tadbirkorlik qilish istagida bo‘lsa, ko‘plab to‘siqlarga uchrashi bilan birga, boshlaydigan ishi daromad keltira oladimi degan ichki bir xadik, ularni to‘xtatib turishi aniq. Ammo, viloyat rahbarining qo‘llab-quvvatlashga tayyor turishi, ularga motivatsiya berayotgani, tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan yoshlarning o‘ziga va boshlaydigan ishiga nisbatan ishonch uyg‘otishi aniq. Termiz shahridagi “Tinchlik” yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning yosh tadbirkorlar bilan videokonfrensaloqa tarzida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida yosh yigit-qizlar kerakli kuch va g‘ayratni oldilar. Unda markaziy va hududiy studiyalardan Respublika ta’lim va bandlik klasteri, soliq organlari, markaziy va tijorat banklari, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash markazi hamda boshqa aloqador mutasaddilar, shuningdek, 3 mingdan ortiq yosh tadbirkor ishtirok etdi.


Samimiy kechgan muloqot davomida yoshlar kredit olish, biznesdagi imtiyoz va imkoniyatlar, soliq to‘lovlari tartiblari hamda boshqa masalalar yuzasidan markaziy va tijorat banklari mutasaddilari, Soliq boshqarmasi boshlig‘i hamda Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash markazi rahbarlari tomonidan kerakli tushunchalarni oldilar. O‘z navbatida yosh tadbirkorlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mas’ullardan javob olishdi. Viloyat hokimi yosh tadbirkorlar bilan doimiy muloqot o‘rnatish, ularni qiynab kelayotgan muammo va to‘siqlarni bartaraf etish maqsadida Kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash markazida soha mas’ullaridan iborat, doimiy ishlovchi viloyat Shtabini tashkil etish, murojaatlarni qabul qilish uchun aloqa botini ishga tushirish yuzasidan mas’ullarga vazifalarni belgilab berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Bremen musiqachilari” Turkiya sahnasida namoyish etildi

Surxondaryo viloyati qo‘g‘irchoq teatri ijodiy jamoasi Turkiyaning Chine shahrida...

“Zakovat”: otalar va farzandlar bilim maydonida

Termiz shahridagi 12-sonli umumta’lim maktabida “Otalar yig‘ilishi” doirasida otalar...

Rahbarlar shaxsiy namuna ko‘rsatmoqda

Sariosiyo tumanida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, aholining jismoniy faolligini...

Tibbiyotda ustoz-shogird an’analari: 51 yillik bitiruvchilar uchrashuvi

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filialida Samarqand davlat tibbiyot...
KunTun
KunTun