Bandixonda bepul tibbiy ko‘rik davom etmoqda

Date:

Biror joyimiz og‘rib betob bo‘lsak, shifokorga borishdan oldin eng avvalo, mablag‘ni o‘ylaymiz. Tekshiruvlardan o‘tish mablag‘ga borib taqaladi. Qachon pulim bo‘lsa, keyin shifokorga boraman deb vaqtni ortga suramiz. Aynan shu boisdan kasallik kuchayishi hech gap emas. Aholini sog‘ligini mustahkamlash maqsadida Bandixon tumanining “Bektepa” mahallasida aholi salomatligiga qaratilgan chuqurlashtirilgan bepul tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.
Malakali mutaxassislar tomonidan mahalladagi 825 nafar aholi bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, tekshiruv davomida turli xastaliklar aniqlangan 245 nafar bemorning 34 nafariga statsionar, qolgan 231 nafariga ambulator sharoitida davolash uchun yo‘llanmalar berildi. Shuningdek, “Ayollar daftari”, “Temir daftari”, “Yoshlar daftari”ga ro‘yxatga kiritilgan fuqarolarga bepul dori-darmonlar tarqatildi.
Jarayonda keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, surunkali xastalik bilan og‘rigan bemorlarga hamda kam ta’minlangan ehtiyojmand oilalar vakillariga alohida e’tibor qaratildi. Aytish joizki, aholi salomatligini nazorat o‘tkazish ularning sog‘ligini mustahkamlash, kasallikni erta aniqlab, oldini olish muhim ahamiyatga ega.

Dinara Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun