Ijodiy kechada

Date:

Har doim mehnatga hamdam bo‘lamizu oilamiz yoki do‘stlar bilan birgalikda munosib xordiq chiqarishni unutib qo‘yamiz. Vaqt esa kutib turmaydi, betizgin o‘tib ketaveradi. Vaqtni shunday reja qilish kerakki, ish ham, dam olish ham yoddan ko‘tarilmasin. Muvozanat bo‘lgan joyda ruhiyatda ham, jismoniy jihatdan ham hammasi joyida bo‘ladi. Aholining madaniy xordiq olishini ko‘zlab, Uzun tumanidagi Madaniyat markazida O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Alisher Otaboyev, aktyor Xurshid To‘xtayev va xonanda Dildora Muhammedova ishtirokida ijodiy kecha hamda teatrlashtirilgan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.


Konsert dasturida ta’lim-fan, tibbiyot, madaniyat-ma’rifat xodimlari, nuroniylar, mahalla faollari ayollar va yoshlar ishtirok etdi. Shuningdek, dastur doirasida taniqli aktyor va san’at xodimlari tomonidan konsert dasturi namoyish etildi. Ajoyib kuy-qo‘shiqlar, motivatsiyaga chorlovchi fikrlar esa tomoshabinlarga estetik zavq, ma’naviy ozuqa bo‘lib xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun