Bepul o‘quv kurslari tashkil etildi

Date:

Ish izlab xorijga ketish ishtiyoqida yonayotgan yoshlarga qarata aytishimiz mumkinki, ularni borganidan risoladagidek hayot, mo‘may daromad keltiruvchi ish kutayotgani yo‘q. Holbuki, odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilarning domiga tushib qolishmasa… shu sababdan ham davlatimizning bormoqchi bo‘lgan davlat bilan bu boradagi hamkorligi, ish beruvchilarning ishchi kuchiga ehtiyoj sezib, murojaat qilganlarini bilgan holda xorijga ishlash uchun chiqishsa, nur ustiga.
Ayni maqsadda Sariosiyo tumanidan Germaniya davlatiga borib ishlash istagini bildirgan yoshlarning ro‘yxati shakllantirilayotir. Ro‘yxat shakllangach, yoshlar tuman markazidagi 2-sonli kasb-hunarga o‘qitish markazi binosida 6 oylik bepul o‘quv kurslarida o‘qib, kerakli bilim va ko‘nikmalarni olishadi. Ayni paytda ushbu o‘quv kurslarida 100 nafardan ortiq yosh qulay sharoitlarda, malakali o‘qituvchilar tomonidan nemis tiliga o‘qitilmoqda.
Tuman hokimi Abduqodir Donayev hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish tuman bo‘limi boshlig‘i G‘.Davlatov Germaniya davlatiga borib ishlash istagini bildirgan yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida yoshlar tomonidan koʻtarilgan muammo va takliflarni inobatga olgan holda, ularga amaliy yordam koʻrsatish maqsadida zarur tavsiyalar va sohaga oid ma’lumotlar berildi.

Oldingi sahifaMuammo bartaraf qilindi
Keyingi sahifaIjodiy kechada

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Kelajak intellekti” g‘oliblari aniqlandi

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan “Kelajak intellekti” olimpiadasining viloyat bosqichi yosh...

Yosh iste’dodlar kashf etildi

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi Bo‘zatov fest — “Yoshlar ovozi–2026”...

Chorvachilikda yangi imtiyozlar

O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish va mahsuldorlikni oshirish maqsadida yangi soliq...

Surxon bioxilma-xilligi xalqaro olimlar nigohida

Termiz davlat universiteti olimlari dunyoga mashhur malakolog va xalqaro...
KunTun
KunTun