Xalqaro g‘alaba qayd etildi

Date:

Mental arifmetikaning foydasini eshitgan borki, farzandlarini o‘rganishga chorlayapti. U aqlni charxlaydi, xotirani yaxshilab, hisob-kitob, fikrlash dunyoni kengaytiradi. Mental arifmetika sir-asrorlarini bilgan bola tengdoshlaridan ajralib turadi. Shu sababdan ham bolaning 5 yoshidan mental arifmetikani o‘rganish tavsiya etiladi.
Mental arifmetika bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan olimpiadalar yoshlarning bilim va iqtidorlarini namoyon etguvchi minbar vazifasini o‘tamoqda. Qozog‘iston Respublikasida mental arifmetika bo‘yicha bo‘lib o‘tgan xalqaro olimpiadada surxondaryolik yoshlar ham bor edi. Ular aslo tengdoshlaridan qolishmay faollik ko‘rsatishdi. Berilgan shartlar bo‘yicha bellashib, bilim va salohiyatlari nechog‘lik yuqori ekanini namoyon etdilar.
Yakuni natijalarga ko‘ra, Muzrabot tumanidagi 11-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Abdulaziz To‘rayev faxrli 1-o‘rinni, 7-umumta’lim maktabi o‘quvchisi Kamoliddin Ko‘charov esa super chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qisqa seminarda ulkan bilimlar

Termiz davlat universitetida “Sun’iy intellekt savodxonligi” yo‘nalishida 24 soatlik...

Jeyms Harrison hikoyasi

1951-yilda avstraliyalik 14 yoshli bola jarrohlik amaliyoti paytida o‘lim...

Xose Mariya Mendes bosh murabbiy

Ispaniyalik Xose Mariya Mendes O‘zbekiston futzal terma jamoasiga bosh...

“Yangiqurilish” — obodlik maskani

Oltinsoy tumanidagi «Yangiqurilish» mahallasi bugun nafaqat zamonaviy inshootlar bilan...
KunTun
KunTun