Taniqli san’atkorlar Angorda

Date:

Ma’naviyat karvoni Surxon vohasi bo‘ylab kezib, voha ahlini ma’naviyatu ma’rifatga oshno etgan holda hayotida, kayfiyatiga ta’sir etib, ijobiy iz qoldirmoqda. Angor tumanining “Sharq guli” mahallasida joylashgan Madaniyat markazida respublikamizning taniqli artistlari, aktyor va xonandalari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuv ham ana shunday ahamiyatga ega bo‘ldi.
Ijodiy uchrashuvda O‘zbekiston xalq artisti Gavhar Zokirovaning chiqishi barchaning e’tiborini tortdi. Aktrisaning fikrlari, chorlovlari barchani uyg‘otib yuborgandek bo‘ldi. Samimiy fikrlar, satrlar so‘ngsiz olqishlarga munosib ko‘rildi.
Uchrashuv mehmonlari bo‘lmish xalqimiz suygan taniqli san’atimiz namoyandalari bo‘lmish Zuhra Ashurova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Turg‘un Beknazarov, estrada xonandalari Umid Shaxabov, Shahnoza Xushiyeva, Dilafruz Xayitmetovalar ham ishtirok etib, oʻz chiqishlari bilan yigʻilganlar ko‘nglini xushnud etdi.
Shuningdek, mazkur Madaniyat markazi jamoalari tomonidan namoyish etilgan konsert dasturlari barchaga manzur boʻldi. Tadbirda tuman hokimi Qosim Mardonov soʻzga chiqib, “Yangi Oʻzbekiston uchun, yangi hayot!” shiori ostida oʻtkazilayotgan tadbir yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini yuksaltirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli ekanligini ta’kidlab oʻtdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi o‘quv yilining ilk qo‘ng‘irog‘i yangradi

Bugun Bandixon tumanidagi 45 ta umumta’lim maktabida “Birinchi qo‘ng‘iroq”...

Maktab ostonasidagi ilk tuhfa — kitob

Yangi o‘quv yilining ilk kuni Sho‘rchi tumanidagi umumta’lim maktablarida...

Yangi o‘quv yiliga tantanali start berildi

Bugun mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida 2026/2027-o‘quv yilining boshlanishiga bag‘ishlangan...

Yangi o‘quv yili — ulkan orzular bilan boshlandi

Sho‘rchi tumanida yangi o‘quv yili o‘zgacha ko‘tarinki ruh, ezgu...
KunTun
KunTun