… har sohada ildam

Date:

Kimdir yastanib yotgan tomorqasidan foydalanmaydi. Tuprog‘ini yumshatib, ekin-tikin qilish, buning orqasidan mo‘may daromad olishlari mumkinligi xayollariga ham kelmaydi. Ammo, sho‘rchilik Nurmamat Jumayev o‘zi yashaydigan “Joyilma” mahallasi hududidan E.auksion orqali 30 yil muddatga 15 sotixlik yer maydonini ijaraga olib, piyoz ekdi. Mehnatidan qochmadi, qarovini o‘z vaqtida qilib, parvarishlab, mo‘l hosil olish niyatida. Bu bilan nafaqat o‘zini-o‘zi band qildi, balki oilasidagilar bilan birgalikda mehnatga hamdam bo‘lishgan.
Ha, sho‘rchiliklar bir soniyasini ham besamar ketkazishmaydi. Kimdir ekin-tikin, chorvachilik bilan band bo‘lsa, yana boshqalar ham qiziqish va imkoniyatidan kelib chiqib, hunarmandchilik yoki tadbirkorlik bilan mashg‘ul. O‘zini-o‘zi band qilish tamoyili asosida mahalladagi fuqarolar ishsizlikka barham berishgan. Shu mahallada yashovchi Guliston Alimardonova ham bir oyda 8 tonna oq qand ishlab chiqarib, ro‘zg‘origa baraka kiritmoqda. Ishbilarmon ayol bu bilan kifoyalanmay, mavsumga qarab, oq qanddan tashqari, novvot, parvarda, nisholda, holva kabi shirinliklarni tayyorlab, xalqimiz dasturxoniga yetkazib berayotir. Kelgusida faoliyatini kengaytirib, boshqa turdagi shirinliklarni tayyorlashni ham maqsad qilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ma’naviyat karvoni yo‘lda

 “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasi doirasidagi navbatdagi “Kitob karvoni”...

Zamonaviylik sari…

Termiz tumanidagi Qahramon mahallasi bugun o‘zining yangi qiyofasini topmoqda....

 “Etno shaharcha”da yangilik bisyor…

Termiz shahridagi “Etno shaharcha” hududida milliy madaniyatimizning qadimiy yo‘nalishlarini...

Hamkorlik yanada kengayadi

O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik asrlar davomida...
KunTun
KunTun