Maktabga qo‘shimcha bino qurilmoqda

Date:

Ta’lim sohasini tubdan isloh qilish, takomillashtirish davr talabidir. Shu maqsadda amalga oshirilgan islohotlar yoshlarning munosib ta’lim-tarbiya olishiga xizmat qilayotir. Bandixon tuman markazidan qariyb 25 kilometr uzoqlikda joylashgan 38-umumta’lim maktabi 80 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quvchilar uchun sinfxonalari shu vaqtga qadar yetishmaydi, borlari esa tor. O‘quvchi-yoshlar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida maktabga qo‘shimcha bino qurish ishlari olib borilmoqda. Tuman hokimi A.Allamuradov, sektor rahbarlari hamda mas’ullar ishtirokida mazkur maktabga qo‘shimcha 2 qavatli 180 o‘rinli binoning qurilish ishlari bilan tanishildi.
O‘rganish davomida yangi maktab binosini sifat me’yorlarini talab darajasida qurish ishlari nazorat qilindi. Shuningdek, umumta’lim maktabida tashkil qilingan “Ma’naviyat sektori”, kuz-qish mavsumi holati o‘rganilib, pedagog va o‘quvchi-yoshlar uchun ta’lim sohasida yaratilgan imkoniyat hamda sharoitlar o‘rganildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun