Yoshlarni harbiy safarbarlikka jalb etish maqsadida

Date:

Harbiy xizmatni o‘tash har bir mard o‘g‘lonning zimmasidagi sharafli burchdir. Muddati yetib, ular harbiy safarbarlikka jalb etiladi. Xo‘sh, yigitlarimiz o‘z burchlarini o‘tashga tayyormi? Zarur ko‘nikmalarga egami? Boysun tumani hokimligida tashkil etilgan o‘quv amaliy seminarda mahallalardagi uyushmagan, profilaktik hisobda turgan yoshlar hamda umumta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari ayni savollarga javob topishlari mumkin bo‘ldi. Eng avvalo, seminarda mas’ullar tomonidan yoshlarga Harbiy xizmatga chaqiruv davrigacha bo‘lgan ko‘nikmalar va harbiy xizmatda zarur bo‘ladigan ma’lumotlar hamda tavsiyalar berib o‘tildi.
Amaliy ko‘rgazmalar orqali Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbarlari tomonidan harbiy qurollardan foydalanish, tez tibbiy birinchi yordam, yong‘in chiqqanda harakatlanish va uni bartaraf etish choralari, kamondan o‘q otish singari ko‘rgazmali namoyishlar havola etildi. Jarayonni kuzatish yoshlar uchun qiziqarli va muhim ahamiyat kasb etdi. Qolaversa, seminar doirasida tashkil etilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi ishsiz, uyushmagan yoshlar uchun ayni muddao bo‘ldi. Ishsizlar uchun tashkilot va korxonalar tomonidan vakant lavozimlar taklif etildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Sen iste’dodlisan”

Surxondaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida ayni kunlarda “Sen...

Behbudiy asarlari turk tilida

Anqara shahrida “Mahmudxo‘ja Behbudiy va Turkiston jadidlik harakati” mavzusida...

Bitiruvchilardan qimmatli sovg‘a

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning mutolaa madaniyatini shakllantirish va kitobxonlikni...

Taklifi qo‘llab-quvvatlanadi

Yuqori sinf o‘quvchilari o‘zi o‘qiydigan maktabga kerakli shart-sharoitlarni o‘z...
KunTun
KunTun