40 nafar yosh sayohatga chiqdi

Date:

Hech kim jinoyatchi yoki huquqbuzar bo‘lib dunyoga kelmaydi. Balki hayoti davomida o‘sha yosh bilan to‘g‘ri munosabatda bo‘linmagani, qiziqishlari va kelajak taqdiri bilan qiziqishmagani asosiy sabab bo‘ladi. Ana shundan so‘ng, illatlar yuzaga keladi va uning ildizini qidirishga, bartaraf etishga urinamiz. Aslida esa avval boshidan harakatni boshlamoq lozim. Vazirlar Mahkamasining 468-sonli qarorining ijrosi yuzasidan Bandixon tumani prokurori, 2- sektor rahbari B.Toshpulatov tashabbusi bilan jinoyatchilikka moyilligi bo‘lgan yoshlardan 40 nafari Termiz shahriga sayohatga otlangani misolida o‘zgarishni yoshlarning dunyoqarashlaridan boshlash maqsad qilindi.
Bu kabi tashkil etilgan ekskursiya va sayohatdan maqsad yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jamiyatda o‘z o‘rnini topishi, vatanga sadoqat ruhida tarbiya topishi, tinch-osuda yurtning qadriga yetishi, bilimli bo‘lishi, halol mehnat qilib, komil inson bo‘lishi hamda yuragida shukronalik kayfiyatini uyg‘otishdan iborat. Sayohatchilar vohaning diqqatga sazovor joylari, tarixiy obida va muzey, ziyoratgohlarida bo‘lib, olam-olam taassurotlar olish bilan birga tariximiz bilan ham tanishdilar. E’tiqodlarini mustahkamlab, qanday buyuk insonlar avlodi ekaniga yana bir bor ishonch hosil qildilar. Ishonchimiz komil, ular ana shu ishonch bilan kelajaklari uchun muhim qaorni qabul qilib, jamiyat uchun kerakli insonlar bo‘lib shakllanishadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Arxeologiyada yangi yondashuv

Termiz davlat universitetida 23-martdan boshlangan “Ipak yo‘li arxeologiyasi, fan...

Bolalar uchun zamonaviy muhit

Muzrabot tumani Mehrigiyoh mahallasida 120 o‘rinli yangi davlat maktabgacha...

Shon va g‘urur namoyishi

Termiz shahrida Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan...

“Obshir”da suv muammosi hal

Oltinsoy tumanining “Obshir” mahallasida suv ta’minotini yaxshilash va foydalanilmay...
KunTun
KunTun