Bolalar va Mehribonlik uylari Ijtimoiy himoya milliy agentligiga o‘tkazildi

Date:

Yurtimizda aholini ijtimoiy himoyalash yo‘nalishida talay ishlar amalga oshirilmoqda. Qolaversa, tizimda yagona davlat siyosatini va boshqaruvini yaratish maqsadida 2024-yil 1-yanvardan boshlab Bolalar uylari, Mehribonlik uylari, Bolalarni himoya qilish shu’balari hamda oilaviy bolalar uylari Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimiga o‘tkazildi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risidagi” farmonida batafsil keltirilgan bo‘lib, endilikda kompleks ravishda aholining ijtimoiy himayaga muhtoj qatlami qo‘llab-quvvatlanadi.
Aytish kerakki, shu paytga qadar Bolalar uylari Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mehribonlik uylari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Bolalarni himoya qilish sho‘balari hamda oilaviy bolalar uylari esa mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tasarrufida bo‘lgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shma loyihalar ishga tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon...

Asbob-uskunalar topshirildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish...

Ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar...

Termizda xalqaro biznes-forum

Termiz shahridagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo...
KunTun
KunTun