Aholiga qulaylik yaratib…

Date:

Sog‘lik — tuman boylik deyishadi. Tanimiz sog‘ bo‘lsagina, hayotimizdagi boshqa jihatlarga e’tibor qaratamiz. Ammo, har doim ham biror joyimiz og‘rib qolsa, tibbiy ko‘rikka boraveramiz. Tibbiy ko‘rikning o‘zi eshigimizgacha kelganida, qolaversa, ko‘rik va tekshiruvlar mutlaqo bepul bo‘lsa, qulay fursatni boy bermaslik lozim. Termiz shahridagi “Baynalminal” mahallasida fuqarolarni sog‘ligini tiklash uchun Barqaror hayot tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etilgan tibbiy ko‘rik ham mahalla ahlini befarq qoldirmadi.
Sog‘ligida shikoyati bor fuqaro borki, ko‘rik bo‘layotgan manzilda hoziru nozir bo‘ldi. Va ular UZI, EKG appratlari, terapevt kabi vrachlar yordamida bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
Tibbiy ko‘rik bilan birgalikda yurist, psixolog va migrantlar bilan ishlash bo‘limi xodimlari tomonidan bepul maslahatlar berilgani esa aholida yanada qulaylik tug‘dirdi. Baynalminalliklar o‘zlarini qiynayotgan muammo va masalaalr yuzasidan huquqiy maslahat va tavsiyalar olishdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shma loyihalar ishga tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon...

Asbob-uskunalar topshirildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish...

Ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar...

Termizda xalqaro biznes-forum

Termiz shahridagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo...
KunTun
KunTun