Subsidiya asosida…

Date:

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda unumdor tuproq va suv eng keraklisidir. Aks holda ekin unmasligi aniq. Daromad haqida-ku o‘ylama ham bo‘ladi. Afsuski, hamma joy ham suv bilan ta’minlanmagan. Shunday holatlarda suv tortib kelish yoki quduq qazish yaxshi natija beradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-oktyabrdagi 624-sonli qaroriga asosan Jarqo‘rg‘on tumani Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tashabbusi bilan 2023-yilda tumandagi “Mehnatobod” mahallasida yashovchi tashabbuskorlar Norqo‘chqor Abdurahmonov, Abduxoliq Muhammadiyev, Baxtiyor Kenjayev va Farhod Jo‘rayevlarga subsidiya hisobiga 4 dona kichik hajmli vertikal sug‘orish qudug‘i ishga tushirib berildi.
Natijada fuqarolarning 60 sotix tomorqasida yiliga kamida 2 marta hosil olish imkoniyati yaratildi. Fuqarolar hukumatimiz tomonidan tomorqa yer egalariga berilaytgan e’tibor va imtiyozlardan mamnun bo‘lgan holda tomorqadan samarali foydalanib, yuqori daromad olishni ko‘zlagan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xotin-qizlar faolligi oshiriladi

Qumqo‘rg‘on tumanining "Navbahor" mahallasida xotin-qizlar tadbirkorlik markazi ish boshladi....

Ta’lim qamrovi oshmoqda

Termiz tumanining "Kelajak" mahallasida 1 milliard 140 million so‘mlik...

Issiqxona faoliyati tiklandi

Muzrabot tumanidagi “Akmal Ikromov” hududida joylashgan, uzoq vaqt foydalanilmay...

Zamonaviy agrosanoat kompleksi qurilmoqda

Angor tumanining "Bahor" mahallasida 5 gektar maydonda yirik agrosanoat...
KunTun
KunTun