ZUKKO KITOBXONLAR ANIQLANDI

Date:

Kitob o‘qishni qandaydir sovg‘a, muvaffaqiyat ilinjida odatga aylantiradiganlar ham ko‘plab topiladi. Ammo, shunisi haqiqatki, kitobga do‘st tutinib, mutolaa zavqini tuygan yosh borki, bu targ‘ibotdan ko‘zlangan asl maqsadni tushunib yetadi va kitobxonlikning o‘zi eng yaxshi mukofot ekanini anglaydi. Shu ma’noda Surxondaryo viloyatida ham kitobxon yoshlar ko‘pchilikni tashkil etadi. “Zukko kitobxon” ko‘rik-tanlovi esa ana shunday yosharni yuzaga chiqaruvchi, bilim va dunyoqarashlarini baholovchi maydon vazifasini o‘tamoqda.
Termiz shahridagi Yoshlar markazida kitobxonlarning sevimli tanloviga aylangan “Zukko kitobxon” intellektual tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridan zukko kitobxonlar ishtirok etdi. Berilgan shart sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, o‘qigan asarlarini nechog‘lik anglaganlarini bildira oldilar.
Yakunda “Zukko kitobxon”ning g‘olib jamoalari aniqlandi. Birinchi o‘rin Angor tumani jamoasiga nasib etdi va 6 million so‘mlik voucher sohibiga aylanishdi. Shuningdek, Sariosiyo jamoasi 3-, boysunliklar 2-o‘ringa munosib ko‘rildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shma loyihalar ishga tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon...

Asbob-uskunalar topshirildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish...

Ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar...

Termizda xalqaro biznes-forum

Termiz shahridagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo...
KunTun
KunTun