Pensiya tayinlash uchun onlayn ariza berish mumkin

Date:

Bir necha yil avval pensiyaga chiqish uchun fuqarolarning yaxshigina yelib yugurishlariga, ma’lumotnoma uchun hali u, hali bu davlat idoralarining eshigini qoqishiga to‘g‘ri kelar edi. Endilikda esa bunday sarson-sargardonchilikning oldi olindi. Pensiya yoshiga yetgan fuqarolar ularga pensiya tayinlanishi uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali (onlayn) murojaat qilishlari mumkin.
Onlayn xizmatdan foydalanish imkoniyatlari bo‘lmagan fuqarolar qo‘shimcha ravishda Davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan holda pensiya tayinlash uchun murojaat qilishlari mumkin. Shuningdek, fuqarolar pensiya tayinlashni so‘rab, Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limiga murojaat qilish huquqlari ham saqlanib qolinmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qo‘shma loyihalar ishga tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon...

Asbob-uskunalar topshirildi

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka yo‘naltirish...

Ijtimoiy xizmatlar sifati oshirilmoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tumandagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar...

Termizda xalqaro biznes-forum

Termiz shahridagi Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Surxondaryo...
KunTun
KunTun