Ijodiy anjuman o‘tkazildi

Date:

Termiz Iqtisodiyot va servis universitetida o‘zbek adabiy muhitida yorqin iz qoldirgan va hozirda ijod qilayotgan yozuvchi va shoirlarning ijodi, bosib o‘tgan hayot yo‘liga bag‘ishlangan ijodiy anjuman bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Xalqaro adabiyot, san’at, madaniyat va ijtimoiy fanlar Akademiyasi Butunjahon xalq ijodkorlari uyushmasining a’zosi, shoir To‘ramurod Rahmonov olib bordi.
U so‘zga chiqib, adabiyot olamida yorqin iz qoldirgan O‘zbekiston Xalq yozuvchilari Tohir Malik, O‘tkir Hoshimov, Shukur Xolmirzayev, Tog‘ay Murod va shoirlardan Muhammad Yusuf, Sirojiddin Saidov, Eshqobil Shukur kabi ko‘plab ijodkorlarining hayoti va ijodiy faoliyati haqida to‘xtaldi. Hamda o‘z ijod namunalaridan o‘qib eshittirdi.
Albatta, adabiyot, she’riyat haqidagi suhbat hech kimni e’tiborsiz qoldirmaydi. Shu jihatdan oliygoh o‘qituvchi va talabalari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga atroflicha javoblarni oldilar. Ijodiy uchrashuv samimiy ruhda o‘tib, barchaning xotirasida uzoq muddatgacha saqlanib qolsa, ajab emas.
Ijodiy anjuman bu bilan nihoyalanmadi, balki teatrda davom etdi. Ishtirokchilar Surxondaryo viloyat musiqali drama teatriga tashrif buyurishdi. U yerda namoyish etilgan “Uydagi gap ko‘chada” komediya janridagi spektakli namoyish etildi va ushbu spektakl tomoshabinlarga oʻzgacha хushkayfiyat ulashdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sifat, xalqaro mezonlar va yangi imkoniyatlar

Termiz iqtisodiyot va servis universitetiga Alvis Pathway xalqaro ta’lim...

Milliy meros targ‘ibotchilari saralandi

Milliy qadriyatlar — xalqning o‘zligi, tarixiy xotirasi va ma’naviy...

Teatr sahnasida hayot saboqlari

Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti talabalari Termiz shahridagi...

Suv ta’minotining yangi tizimi yaratilmoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimovning tuman hududlarini o‘rganishi davomida...
KunTun
KunTun