O‘zbekistonda yanvar oyida anomal sovuq kutilyaptimi?

Date:

O‘tgan yilgi anomal sovuq hali yodimizdan ko‘tarilgani yo‘q. Bu yil ham ana shunday havo harorati kuzatilishi mumkinligi esa kishini biroz sarosimaga solishi ham rost. Shunday paytda savol tug‘ilishi tabiiy hol, albatta. Ho‘sh, O‘zbekistonda yanvar oyida anomal sovuq kutilayaptimi? Bu haqda “O‘zgidromet” vakili ma’lum qilishicha, yanvarda anomal sovuq kuzatilmayapti:
“Aslini olganda, yanvar oyi sovuq kelgani yaxshi. Negaki, iliq kelgan qishning oqibatlari keyingi yil bahor va yozda bilinadi hamda u juda ham og‘ir asoratlarni keltirib chiqaradi. Masalan, qishloq xo‘jaligi va yaylovlar uchun og‘ir sharoit yuzaga keladi”, — deydi mutaxassis.
Uning aytishicha, qish yakunigacha qor yog‘ishi va havo harorati 0 darajadan pasayishi mumkin. “Anomal sovuq hozircha kutilmayapti. Qish iliq kelishi haqidagi gapni kunlik harorat +10 yoki +20 bo‘ladi deb tushunmaslik kerak. Qish yakunigacha 3-4 kun qor yog‘adigan, harorat 0 darajadan pastga tushadigan holatlar bo‘lar”, ekan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ta’lim qamrovi oshmoqda

Termiz tumanining "Kelajak" mahallasida 1 milliard 140 million so‘mlik...

Issiqxona faoliyati tiklandi

Muzrabot tumanidagi “Akmal Ikromov” hududida joylashgan, uzoq vaqt foydalanilmay...

Zamonaviy agrosanoat kompleksi qurilmoqda

Angor tumanining "Bahor" mahallasida 5 gektar maydonda yirik agrosanoat...

Qo‘shma loyihalar ishga tushdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon...
KunTun
KunTun