“Surxon” davlat qo‘riqxonasiga moddiy-texnik buyumlar ajratildi

Date:

Sherobod tumanida Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A.Abduxakimovning buyrug‘iga asosan Surxon vohasida yagona hisoblangan “Surxon” davlat qo‘riqxonasiga moddiy-texnik buyumlar ajratildi. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan tizimidagi Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni rivojlantirish, kengaytirish, ish samaradorligini oshirish hamda moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsadida tizimli ishlar olib borilib, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri A.Abduxakimovning 2023-yil 20-dekabrdagi 411-sonli sonli buyrug‘iga asosan Surxon vohasida yagona hisoblangan

“Surxon” davlat qo‘riqxonasiga moddiy-texnik buyumlar ajratildi.

Jumladan, ISUZU D-MAX rusumli yo‘ltanlamas avtomashina, laboratoriya tarozisi, fotoqopqon, binokl, planshet, teplovizor, optik kuzatish trubasi, GPS-priyomnik, qop ko‘rpa, karemat va palatkalar bilan ta’minlandi. Vazirlik tomonidan ajratilgan moddiy-texnik invertarlar “Surxon” davlat qo‘riqxonasi direktori R.Turdiyev tomonidan xodimlarga tantanali tarzda topshirildi.

Ushbu invertarlardan samarali va oqilona foydalanish, o‘simlik va hayvonot dunyosiga boy qo‘riqxona hududini nazorat qilishda, ish faoliyatida yaqindan ko‘makchi bo‘lishini takidlab o‘tib, barchani kirib kelayotgan Yangi yil bilan qutlab, oilasiga tinchlik farovonlik, xonadoniga fayzu-baraka, ish faoliyatida ulkan zafarlar doimo xamroh bo‘lishini yaratgandan so‘rab bayram bilan jamoani tabrikladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun