“Vatan tayanch”lari aniqlandi

Date:

Termiz Umumqo‘shin poligonida tumandagi bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik harakati a’zoligiga qabul qilingan o‘quvchilarga “Vatan tayanchi” ko‘krak nishonlarini tantanali topshirish marosimi o‘tkazildi. Unda harbiy vatanparvarlik harakatiga mas’ul tashkilotlar vakillari, harbiylar “Vatan tayanchi” otryadi guruhlariga a’zo bo‘lgan 10-, 11-sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etdi.
Tadbir davomida buyuk ajdodlarimiz aks etgan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi. Harbiy xizmatchilar tomonidan tayyorlangan chiqishlar hamda qurol va ulardan foydalanish ko‘rgazmasi esa barchada katta qiziqish uyg‘otdi. Vatanga xizmat qilishni o‘ziga sharafli burch deb bilish har bir yigitga xos hislat. O‘tkazilgan tadbir esa yoshlarni vatanparvarlikka undashi bilan, ular o‘z kelajaklarini ayni shu xizmatga bog‘lashga qaror qilishlari bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Muzrabotda imkoniyatlar kengaymoqda

Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulov tadbirkorlik subyektlari faoliyatini o‘rganish...

Muammolar muhokamada

Surxondaryo viloyatida mas’ul tashkilotlar ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan...

Fuqarolar himoyasi kuchayadi

Bugun Senatning 14-yalpi majlisida “Rieltorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun ma’qullandi....

Ilg‘or texnologiyalar – samaradorlik garovi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi "Yashnabod" mahallasiga tashrif buyurgan Qishloq xo‘jaligi vaziri...
KunTun
KunTun