Eng muhimi xavfsizligimiz

Date:

Surxondaryo viloyati bo‘ylab Yangi yil bayrami tantanalari o‘tkazilmoqda. Barcha hududlar markazida bezatilgan archa atrofida xursandchilik qilishayotgani, zavqu shavqqa to‘layotganini ko‘rib, kuzatib turibmiz. Xursandchilik va bayram o‘z yo‘liga, har birimiz o‘z xavfsizligimizni ham o‘ylashimiz esa birinchi darajadagi vazifadir. Shu maqsadda Qumqo‘rg‘on tumanida “Yangi yil” bayrami tadbirlari o‘tkaziladigan joylarda maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.
Unda tuman Favqulodda Vaziyatlar Davlat quyi Tizimi (FVDqT) xizmatlarining favqulodda vaziyatlar yuzaga kelgandagi harakatlari sinovdan o‘tkazildi. Mashq davomida “Yangi yil” bayrami va “Prezident archasi” tadbirlari o‘tkaziladigan hududlarda shartli ravishda sodir bo‘lgan yong‘inni zudlik bilan bartaraf etish, jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish va aholini evakuatsiya qilish tadbirlari amalga oshirildi.
Mana shunday tadbirlar har birimizga favqulotda holatlarda sarosimaga tushmay, qanday yo‘l tutishimiz lozimligini o‘rgatadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Imkoniyatlar kengaymoqda

O‘zLiDeP fraksiyasi rahbari Aktam Xaitov Termiz tumanida faoliyat yuritayotgan...

Yangi tur aniqlandi

O‘zbekiston hududida bo‘ri o‘rgimchaklar oilasiga mansub yangi tur aniqlandi....

Ramazon — mehr va bunyodkorlik oyi

Yurtimizda muqaddas Ramazon oyi “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va...

Og‘ir toifadan chiqariladi

Denov tumanida viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov 21 gektar maydonda...
KunTun
KunTun