TISU talabalari g‘olib bo‘lishdi

Date:

Xususiy universitetlarda ham tibbiyot yo‘nalishining ochilgani voha yoshlarining orzusini ushaltirdi. Ayni paytda talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan bo‘lajak shifokorlar bo‘lmish talabalar katta qiziqish va ishtiyoq bilan o‘qib o‘rganish, nazariy va amaliy bilimlarni o‘zlashtirish bilan band. Ayniqsa, ular olgan bilim va ko‘nikmalar sinovi muvaffaqiyat qozonayotgani bildirilgan ishonchni oqlayotganidan dalolat. Samarqand shahrida ana shunday imkonni berish maqsadida tibbiyot muassasalari talabalari orasida eng nufuzli xalqaro olimpiada hisoblanadigan “IV Samarqand-2020 Xalqaro olimpiadasi” bo‘lib o‘tdi.
Unda Hindiston, Rossiya, Belarus, Moldova, Pokiston, Ukraina, Ozarbayjon, Markaziy Osiyo davlatlari kabi 20 dan ortiq davlatlar hamda respublikamizning barcha davlat va nodavlat tibbiyot oliy o‘quv yurtlari talabalari bilan birga Termiz iqtisodiyot va servis universitetining tibbiyot fakulteti talabalari ham ishtirok etdi.
Talabalarning 3 nafari oflayn, 14 nafari esa onlayn ravishda ushbu olimpiadada 2 bosqich (test va savol-javob)da ishtirok etdi.
Oflayn tarzida davolash ishi ta’lim yo‘nalishi II kurs talabalari xorijiy nufuzli tibbiyot oliygohlarining iqtidorli talabalari va respublikamiz tibbiyot muassasalarining bilimdon talabalari bilan murosasiz kurashlarda o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etishdi. Azizbek Karimov normal fiziologiya fanidan “Test yechishda eng tezkor talaba” nominatsiyasi g‘olibi, Botir Suyunov bosh va bo‘yin anatomiyasi fanidan “Muammoli masalalarni eng tezkor yechuvchi” nominatsiyasi g‘olibi, Zaytuna Qahhorova anesteziologiya va reanimatsiya fanidan “Ritorika” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.
Onlayn shaklda esa 2 nafar talabamiz faollikni qo‘ldan berishmadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Innovatsion dehqonchilik

Oltinsoy tumanidagi “Shirin EJYU” fermer xo‘jaligida qishloq xo‘jaligiga zamonaviy...

G‘alaba, e’tirof va ilhom

Termiz shahrida o‘quvchi qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha “Maktabgacha va...

Yangi ta’lim maskani — kelajak poydevori

Termiz davlat pedagogika institutining yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirilishi...

Imkon keng, marra bizniki

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova o‘quvchi qizlar...
KunTun
KunTun