Maktablarda havo harorati +16 º gradusdan past bo‘lmasligi kerak

Date:

Maktablarda qishning sovuq kunlarida, ayniqsa, yetarli shart-sharoit bo‘lishi kerak. O‘quvchi sovuqqotganda isinishni o‘ylab, fanlarni o‘zlashtira olmasligi ham hech gap emas. Bu borada zaruriy me’yor va talablar mavjud. Ta’lim muassasalarining o‘quv xonalarida mashg‘ulotlar o‘tkazishda mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq o‘quv xonalarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21º С, o‘rtacha og‘ir ishda 17º С va og‘ir ishda 16º С dan past bo‘lmasligi kerak.
Fizika o‘quv laboratoriya xonasida muntazam ravishda harorat 18º С – 21º С, havoning namligi 40 – 60 foiz bo‘lishi kerak. Qolaversa, ta’lim muassasasi hududidagi hojatxonalar issiq suv va kanalizasiya tizimiga ulangan bo‘lishi lozim. Ta’lim muassasasida kanalizatsiya tizimi yo‘q bo‘lganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda ta’lim muassasasida yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali o‘ralarning mavjud bo‘lishiga ruxsat etiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun