Faol mahalla raislari taqdirlandi

Date:

Har bir oilaning tinch xotirjam yashashida mahallaning ham o‘rni katta. Qanchadan-qancha ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalarni yarashtirishda o‘z hissalarini qo‘shib kelayotir. Uy xarid qilmoqchi bo‘lsak ham eng birinchi navbatda tinch mahallani qidiramiz, kelin qilmoqchi bo‘lgan qizni oilasini ham, mahallasidan so‘rab surishtiramiz, har qanday vaziyatda ham mahalla raislarining o‘rni kattadir.
Mahallamiz tinch bo‘lsa, yurtimizda tinchlik, farovonlik bo‘ladi. O‘z kasbiga fidoyilik bilan jon kuydirib, xalq bilan yelkama-yelka ishlab kelayotgan mahalla raislarini qancha taqdirlasak ham bunga munosibdir. Shuningdek, Denov tumani hokimi Ilhom Abrorov mahalla fuqarolar yig‘ini raislari bilan uchrashib, ular aholining murojaatlari va muammolari yuzasidan amaliy ko‘mak hamda mahallasi soliqdan qarzdorlikdan holi, tashkiliy-huquqiy masalalar yuzasidan zimmasidagi topshiriqlarni bajarishda sidqidildan ado etayotgan “Qorabog‘tepa”, “Navnihol”, “Dunyotepa” va “Yoshlik” , “Namozgoh”, “Buyuk Ipak yo‘li” mahalla raislari esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Dinara Qo‘zimurotova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun