Yutuqlari e’tirof etildi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimligida yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempioni Shoxrux Davlatov bilan uchrashuv o‘tkazildi. E’tirof etish kerakki, yosh sportchi Qirg‘izistonda o‘tkazilgan Run the Silk Road-2023 marafoni g‘olibi, qator xalqaro marofonlar ishtirokchisi hamda Parij-2024 (Fransiya) Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.
Uchrashuvda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Shoxrux Davlatov erishayotgan natijalarni bir-bir tilga olib, ana shunday yosh bilan faxrlanishini ta’kidladi. Uning Olimpiada o‘yinlariga puxta tayyogarlik ko‘rishi uchun har tomonlama ko‘mak berilishini aytib, nufuzli musobaqadagi ishtirokida omadlar tiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Narkotik savdosining noqonuniy kanali fosh etildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan...

Sifatsiz tovar va xizmatlar: huquqiy yechim qayerda?

Toshkent davlat tibbiyot universiteti Termiz filiali majlislar zalida «Yuksalish»...

Imkoniyatlar va muammolar o‘rganildi

Angor tumani hokimi Qosim Mardonov «Angor karvonsaroy» savdo kompleksida...

Bir bayroq — bir xalq, bir maqsad

Termiz tumani hokimligi tadbirlar maydonida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i...
KunTun
KunTun