Avf etilganlar holidan xabar olindi

Date:

Prezident O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan «Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida»gi farmonni imzolagan edi. Ushbu farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 23-bandiga asosan sodir etgan jinoyati uchun jazoni ijro etish muassasalari va probatsiya organlarida jazo o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 402 nafar shaxs afv etildi.
Afv etilganlar orasida Sariosiyo tumani istiqomat qiluvchi fuqarolar ham bo‘lib, ularga bir marttalik moddiy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek 3-sektor rahbari G.Samiyeva va mas’ullar M.Do‘smatov xonadonida bo‘lib, uning holidan xabar oldi. Ko‘ngliga qo‘l solib, muammolari va rejalari bilan qiziqishdi. Aytish kerakki, insonning jamiyatga moslashishi uchun eng avvalo, o‘z o‘rnini topishi, biror yumush bilan band bo‘lishi lozim. Shunday keyingina boshqa masalalar o‘z o‘rniga tushadi. Shu jihatdan mezbonning bandligini ta’minlash maqsadida bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun