Navbatdagi medal zabt etildi

Date:

Sport tanimizni chiniqtiradi, yutuq va muvaffaqiyatga erishishga sabab bo‘ladi, qolaversa, vaqtni mazmunli o‘tkazishga-da xizmat qiladi. Ayniqsa, stol tennisi mavjud tashkilot va idora, sport zallari yoki uyda bo‘ladimi, qo‘lingizga tennis raketkasini olgancha, koptokni sherigingizga irg‘itishga, qaytib kelganini o‘tkazib yubormaslikka tirashasiz. Jismoniy chaqqonlik, ziyraklik va e’tiborlilik bilan ochkolaringiz oshib, tanangizda quvvat, ongu shuuringizda jo‘shqinlik sezasiz. Stol tennisini o‘ynash ana shunday zavqli va qiziqarli mashg‘ulotdir.
Toshkent shahrida stol tennisi boʻyicha bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston chempionati ham ana shunday muhim ahamiyat kasb etdi. Ishtirokchilar, g‘oliblikka da’vogarlar murosasiz bellashib, o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Ushbu musobaqada Termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruvi fakultetining 5-kurs talabasi Jamshid Choriyev ham ishtirok etdi va faxrli 3-oʻrinni egalladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun