Javobgarlik yengillashtiriladi

Date:

Respublika hududida uchuvchisiz uchadigan apparatlardan noqonuniy foydalanishni birinchi marta sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlik o‘rniga ma’muriy javobgarlik belgilanishi yuzasidan qonun loyihasi taklif etilmoqda. Dronlardan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlikning yengillashtirilgani jinoyat qilishga sabab bo‘lmasligi kerak.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bugun bo‘lib o‘tgan majlisida «Ayrim toifadagi jinoiy qilmishlar uchun javobgarlik liberallashtirilishi munosabati bilan Jinoyat kodeksiga hamda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi.
Kiritilayotgan normalar fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, mamlakatga chet ellik turistlarning keng jalb etilishi uchun qulay sharoitlarni ta’minlash, shuningdek respublikaning xalqaro maydondagi nufuzini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun