Valijon Shamsiyev Jarqo‘rg‘onda xizmatda

Date:

Estetik dam olishni, dildan yayrab kulishni istasak, hajviy dasturlar tomosha qilishga tushamiz. Maza qilib kulib, ko‘nglimizdagi g‘uborlarni chiqarib yuborgandek bo‘lamiz. Afsuski, so‘nggi paytlarda kuldirish deganda hajviy jamoa va hajv ustalari bo‘lar-bo‘lmas mavzularni, insonning hamiyatiga tegadigan jihatlarni kulgu ostiga olaman deb, tomoshabinning me’dasiga tegib qo‘yayotgani ham ma’lum. Ularning aytayotganlarini qaynona-qaynota kelin, ota-ona farzandlari bilan birgalikda tomosha qilishga uyaladigan bo‘lib qoldi. Holbuki, shunday so‘z ustalari borki, ular yaratgan maktab hali-hamon e’tiborda, e’tirofda. Valijon Shamsiyev ham ana shunday maktab yaratgan so‘z ustalaridan. Jarqo‘rg‘on tumanidagi 25-son “San’at” madaniyat markazi tomosha zalida o‘zbek estrada aktyori, satirik va yumarist, qiziqchi va shoumen Valijon Shamsiyevning tashrifi tomoshabinlar uchun kutilmagan sovg‘a bo‘ldi.


Hajv kechasida Kakaydi qo‘rg‘onida joylashgan harbiy qismlarning askar-zobitlari hamda ularning oila a’zolari ishtirok etdi. Tadbirda qiziqchi o‘zining xangomali va sahnaviy chiqishlari bilan tadbirga tashrif buyurgan 250 nafardan ortiq tomoshabin mehmonlarga kulgu va tabassum ulashdi. Tuman 25-son “San’at” madaniyat markazi hamda 20-son Madaniyat markazi qoshidagi “Qo‘shtirnoq” qiziqchilar xalq teatri, “Jarqo‘rg‘on” folklor-etnografik xalq jamoasi, “Surxon gullari” ashula va raqs xalq dastalarining chiqishlari ham kechaga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Muhimi tomoshabinlar dildan yayrab kuldilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi ko‘prik — katta qulaylik

Qumqo‘rg‘on tumanining “Achamoyli” mahallasi aholisi uchun quvonchli kun bo‘ldi....

Yosh mahkumlar uchun yangi yo‘l

O‘zbekistonda jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan 18–30 yoshdagi...

Tabiatning jonli merosi

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida joylashgan “Yuqori To‘palang” milliy tabiat...

 “Men kuchli ayolman”

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining joriy yil 30-yanvardagi 06/1-525-sonli topshirig‘iga...
KunTun
KunTun