Hokim yordamchilari Turkiyada

Date:

Mahallalarda hokim yordamchilari o‘z ish faoliyatini boshlagandan buyon ishsizlik muammosi barham topib, ishbilarmonlik, tadbirkorlik muhiti shakllandi. Odamlarning olib borilayotgan islohotlarga nisbatan ishonchi ortdi. Xolbuki, tizimda bundan-da yuqori natijaga erishish mumkin. Bunda albatta, tajriba almashish, yangicha ishlash loyihalarini ishlab chiqish katta yordam beradi.
Shu maqsadda hududlarda faoliyat olib borayotgan bir guruh hokim yordamchilaridan iborat delegatsiya a’zolari Turkiyaning KOSGEB tashkiloti tomonidan tashkil etilayotgan o‘quv amaliy kursiga ishtirok etish uchun Turkiyaga jo‘nab ketdi. Mazkur o‘quv kursi hokim yordamchilari va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasiga aloqador tashkilotlari uchun tashkil etilayotgan bo‘lib, joriy yilning 27-noyabridan 1-dekabrga qadar davom etadi.
O‘quv-amaliy kurslarda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi tomonidan milliy kadrlar zaxirasi olingan hamda o‘z faoliyatida yaxshi natijalarga erishgan (KPI) hokim yordamchilari orasidan tanlab olindi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Mehnat ortidan daromad

Angor tumanining “Chinobod” mahallasida yashovchi Bahodir Xudoynazarov ko‘p yillardan...

Mezbonlar shohsupasiz qoldi

Jarqo‘rg‘on tumanidagi Qizilmozor motoso‘qmog‘ida motokross bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib...

Ichki yo‘llar tekis va ravon

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Islom taraqqiyot banki...

Kitobxon bo‘lsa, mukofoti bor

Prezident yoshlar bilan uchrashuvda axborot xurujlari kuchayib borayotgan bugungi...
KunTun
KunTun