Darband o‘quv amaliyot bazasi obod maskanga aylandi

Date:

Termiz davlat universiteti balansidagi “Darband o‘quv amaliyot bazasi” talabalarning o‘quv amaliyot o‘tashi va ularning ta’til vaqtlarida ustozlari bilan maroqli xordiq chiqarishiga mo‘ljallangan maskan. U yerda barcha sharoitlar yaratilgan va bir necha yilki, talabalar o‘quv amaliyotlarini ushbu maskanda o‘tashadi. “Yashil makon” dasturi doirasida oromgoh hududida kuzgi ko‘chat ekish va obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Talaba-yoshlar va pedagoglarning tashabbusi, sa’y-harakati bilan mazkur tog‘li hududda jami 6200 tup (archa daraxti turlari, bodom, yong‘oq, alyandr, burchin, gujum, pavloniya, sosna, mojjevelnik, chinor kabi) mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi. Qolaversa, sug‘orish inshootlarini yaxshilash, hududda mavsumga mos obodonlashtirish ishlariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlaridan so‘ng maskan qisqa muddatlarda yashil hududga aylanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“IbratEdu” eshiklarini ochdi

Bandixon tumanida yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar yana bir muhim...

Tabiat bag‘rida yaralgan sahna

Bandixon tumani 9-son madaniyat markazi ijodiy jamoasi “Boysun bahori”...

“Yangi shahar”ga suv keldi

Qumqo‘rg‘on tumani “Yangi shahar” mahallasida yillar davomida dolzarb bo‘lib...

Shafqatsizlik — javobsiz qolmaydi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan holat yuzasidan Surxondaryo viloyatida tezkor choralar...
KunTun
KunTun