“Kamalak yulduzlari” kashf etildi

Date:

“Kamalak yulduzlari” respublika bolalar ijodiyoti festivali iqtidorli bolalarni aniqlash, ularning iste’dodlarini namoyon qilishlariga imkoniyat yaratish va qo‘llab-quvvatlash, yosh avlodning madaniy saviyasini yuksaltirish, ularning ma’naviy olamini boyitish, san’at va go‘zallikka intilishini kuchaytirish, milliy san’at an’analari va yo‘nalishlarini saqlab qolish, rivojlantirish va davom ettirish maqsadida har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadi. Angor tumanida festivalning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.


Unda 6 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan 600 nafar ishtirokchi qatnashib, 6 ta yo‘nalishda bellashdilar. Festival davomida bolalar iqtidor va mahoratlarini namoyish etdilar. Tomoshaga kelganlar ham har bir chiqishni kuzatib borib, bir olam zavq tuydilar. Har bir chiqish munosib baholanib, gʻolib bo‘lgan ishtirokchilar festivalning viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun