San’atga oshno etib…

Date:

Adabiyot, san’at insonni ma’naviyatini yuksaltiradi, qalbini ezgulikka chorlaydi. San’atga oshno insondan esa yomonlik chiqmaydi, illatlar tug‘ilmaydi. Shu sababdan ham teatr va kitoblarga, adabiyotga, san’atga xalqning e’tiborini torta bilish lozim. Ana shundagina ko‘zlangan maqsadga yetish oson. Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov madaniyat va san’at xodimlari bilan uchrashganida ham ayni maqsad mujassam.


Uchrashuvda sohani rivojlantirish, aholining muzey, teatr va kontsertlarga tashriflarni ko‘paytirish, ularning talabidan kelib chiqqan holda teatr tomoshalarini tashkil etish masalasini o‘rtaga tashladi. Qolaversa, bu boradagi mavjud muammolar muhokama qilindi. Muloqot yakunida sohani rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi.
Eslatib o‘tish joizki, yangi yilga ham oz muddat qoldi. Yangi yini munosib kutib olish, voha ahliga, ayniqsa, bolajonlarga yangi yil shukuhini berib, bayramona kayfiyat ulashish maqsadida viloyat rahbari soha mas’ullariga viloyatning asosiy “Yangi yil” bayrami dasturini hozirdan ishlab chiqib, taqdimotga kiritish topshirig‘ini berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yoshlar sportda chiniqmoqda

Yosh avlodni jismonan sog‘lom, irodali va jamoaviy ruhda tarbiyalashda...

 “Qalqon” yana peshqadam!

Yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik ruhini mustahkamlash, jismoniy tayyorgarlik va jamoaviylikni...

392 nafar mahkum afv etildi

Yurtimizda insonparvarlik tamoyillarini keng qaror toptirish, jamiyatda mehr-oqibat va...

Mahallalarda xavfsiz muhit

Yurtimizda mahallalarda xavfsiz va barqaror ijtimoiy muhitni ta’minlash, oilalarni...
KunTun
KunTun