Muhsin Hisomiddinov finalda…

Date:

Har bir polvonning yulduzlik onlari bo‘ladi. Bu onlarda bilagidagi kuchi, yuragidagi qoni jo‘shib, mag‘lubiyat bilmaydi. Shunday paytda polvonni to‘xtatish emas, uni davralarga chorlab, kuchini sinovdan o‘tkazishiga imkon berish lozim. Toki yuragida armon qolmasin.
Sariosiyolik o‘g‘lon, nomdor polvon Muhsin Hisomiddin ham ana shunday yuragida o‘ti yonayotgan kurashchilardan. Uning yulduzli onlari esa Turkmanistonning Ashxobod shahrida oʻtayotgan kurash boʻyicha Jahon chempionatida davom etdi. Muhsin Hisomiddinov chorak finalda +100 kilogramm vazn toifasida maydonga tushib, meksikalik raqibini halol bahosi bilan mag‘lub qildi.
Finalda esa eronlik raqibi Abolfazl Torabi bilan kurashishiga to‘g‘ri keldi. Kurash ixlosmandlari uchun unutilmas kurashni taqdim etgan Muhsin polvon raqibini yengdi va chempion bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun