“KONSTITUTSIYA BILIMDONLARI ANIQLANDI

Date:

Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi hamda O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Surxondaryo viloyat Kengashi tomonidan yoshlarning huquqiy va siyosiy bilimlarini sinovdan o‘tkazishga qaratilgan “Konstitusiya bilimdoni” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman (shahar) bosqichida g‘olib bo‘lgan nomzodlar ishtirok etib, o‘zlarining huquqiy bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Tanlovda berilgan shartlar bilim va ko‘nikma talab qilish bilan birga mustaqil fikrlash, o‘z fikr-munosabatlarini mustaqil bildira olish qobiliyati ham inobatga olingani bilan ahamiyatli bo‘ldi. Aytish kerakki, bugunning yoshlari bilimli, tirishqoq va salohiyatli. Har bir shart qizg‘in tus oldi. Ishtirokchilar faol ishtirok etib, tanlov bahs va munozaralarga boy bo‘ldi. Hakamlar hay’ati ishtirokchi yoshlarning bilim va salohiyatiga munosib baho qo‘ya oldilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra 3-o‘rin viloyat yuridik texnikumi o‘quvchisi Gulnoza Sanginova, 2-o‘rin Qiziriq tumani pedagogika kolleji o‘quvchisi Og‘abek G‘afforovga nasib etdi. Denov tumani Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot texnikumi o‘quvchisi Sabrina Hamrayeva esa faolligi, fikrlarini erkin bildira olishi bilan ajralib turdi va 1-o‘ringa munosib ko‘rildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun