Mehnati rag‘bat topdi

Date:

Atrofimiz toza va obod. Ko‘chalarni, bog‘u rog‘larni kezsangiz ko‘nglingiz ko‘tariladi. Ha, yilning to‘rt faslida ham ana shunday obodlik shaharu tumanlarimizning fayzu barakasini oshirmoqda. Ishlari-yu xizmati ko‘zlarimizni quvnatib, o‘zlari ko‘rinmaydigan obodonlashtirish boshqarmasi ishchi-xodimlarini e’tirof etmaslikning, tilga olmaslikning iloji yo‘q. Ayni ularning xizmati bilan atrofimiz sarishta. Ha, o‘tgan yillarga boqsak, yozning jaziramasida ham, anomal sovuqda ham obodonlashtirish boshqarmasining jonkuyar jamoasi tinim bilmadi. Tozalash ishlari, supur-sidir, ekin-tikin ishlarida ham aynan ular bosh. Sovuqda qor kurash, yo‘llarni muzu qordan tozalashda ham ularning jonbozlik ko‘rsatishganining guvohi bo‘ldik.
Obodonlashtirish xodimlarining xizmatini qancha e’tirof etsak, rag‘batlantirsak, shuncha ozdek, nazarimizda. Bu esa tozalik-ozodalik posbonlarini yanada ruhlantirsa, samarali ish yuritishlariga xizmat qilsa, ajab emas. Ana shunday maqsadni ko‘zlagan holda Obodonlashtirish boshqarmasi ishchi-xodimlarining 15 nafariga Sariosiyo tuman hokimligi tomonidan 15 nafar ishchi-xodimga zamonaviy velosipedlar topshirildi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Xavfsizlik nazorat ostida

Oltinsoy tumanida suv-sel xavfini kamaytirish va aholi yashash hududlarini...

“Yangi Diyor” – zamonaviy va qulay maskan

Muzrabot tumanida “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” konsepsiyasi asosida keng...

Xavfsizlik – ustuvor vazifa

Maktablar – kelajak bunyodkorlari kamol topadigan maskan. Shu bois...

Mavsum qizg‘in pallada

Bahor fasli bilan birga yurtimizda baraka va rizq manbai...
KunTun
KunTun