Polvonlar kurash tushdi

Date:

Tabiati va kelbatida polvonlik mujassam o‘zbek o‘g‘lonlari kurash sirlarini o‘rganishi shart emas. Bolalikdan olishib, mehnatda suyagi qotib chiniqqan emasmi, davraga tushsa, raqibining kuragini yerga tekkizmasdan qo‘ymaydi. Jarqo‘rg‘on tuman sport maktabida Jarqo‘rg‘on tuman Prokurori sovrini uchun kurash bo‘yicha 2007-2009-yillarda tug‘ilgan o‘smirlar va qizlar o‘rtasida tashkil etilgan tuman birinchiligida ham bilagida kuchi, yuragida o‘ti bor polvon yigit-qizlar kurashga tushdilar.
Musobaqada 200 nafar o‘smir yigit va qizlar g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Jarayonni kuzatish maroqli bo‘ldi. Maydonga tushgan borki, bo‘sh kelmadi. Tomoshabinlar ham kurashni kuzatib, o‘zlarining his-hayajonlarini yashirmay, polvon yoshlarni qo‘llab-quvvatlab turdilar.
Kurash so‘nggida g‘olib va sovrindorlar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Oldingi sahifaMalaka oshirdi…
Keyingi sahifaFoydalanishga topshirildi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi ko‘prik — katta qulaylik

Qumqo‘rg‘on tumanining “Achamoyli” mahallasi aholisi uchun quvonchli kun bo‘ldi....

Yosh mahkumlar uchun yangi yo‘l

O‘zbekistonda jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan 18–30 yoshdagi...

Tabiatning jonli merosi

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida joylashgan “Yuqori To‘palang” milliy tabiat...

 “Men kuchli ayolman”

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining joriy yil 30-yanvardagi 06/1-525-sonli topshirig‘iga...
KunTun
KunTun